Oziq-ovqat mahsulotlari – arzon va sifatli

Nukusda eng ulugʻ, eng aziz ayyom munosabati bilan qishloq xoʻjaligimahsulotlari yarmarkasi tashkil qilindi. Unda meva-sabzavot, poliz, goʻsht, baliq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilmoqda.

– Yarmarka mahsulotlarining sifati va narxidan shahar aholisi juda mamnun, – deydi “Nukus dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati rahbari oʻrinbosari S.Karamatdinov. – Mahsulotlar asosan Qoʻngʻirot, Chimboy, Xoʻjayli, Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqalʼa, Amudaryo, Qoraoʻzak va Nukus tumanlaridan keltirilmoqda

Ushbu yarmarka 10-sentyabrgacha davom etadi.

9 (1).jpg
16.jpg
18.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat) OʻzA