Tojikiston Prezidenti Oʻzbekiston hukumati vakillari va sanʼatkorlariga davlat mukofotlarini topshirdi

Bugun Tojikiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston hukumati vakillari va sanʼatkorlarini Tojikiston davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Bu haqida Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ikki davlatlar oʻrtasida madaniy-maʼrifiy, insonparvar hamda tojik va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni rivojlantirishda qoʻshgan hissalari uchun Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2-darajali “Ismoil Somoniy” ordeni bilan;
Снимок8.PNG
Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev 1-darajali “Sharaf” ordeni bilan;
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov, Suv xoʻjaligi vaziri maslahatchisi Ismoil Joʻrabekov, Samarqanddagi tojik milliy madaniyat markazi rahbari Abduvahob Voxidov, “Ovozi tojik” gazetasi boʻlim mudiri Toʻxtamish Toʻxtayev hamda BuxDU professori Tavakkal Choriyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Снимок4.PNG
Shuningdek, madaniy aloqalarni mustahkamlashda qoʻshgan hissalari uchun Sherali Joʻrayev hamda Mavluda Xalilovalar Tojikiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
40337765_2124615064278758_1025158120315289600_n.jpg
Mukofotlarni bugun shaxsan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oʻzi topshirgan.
Oʻzbekiston va Tojikiston bugun nafaqat doʻstona aloqalarga ega boʻlibgina qolmay balki, uzoq yillik hamkorlikni koʻzlagan strategik sheriklar hamdir, deb yozadi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

 

O’zA