Osiyo oʻyinlari - 2018: Velosportchimizdan navbatdagi kumush medal

Murodjon Xolmurodov Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga oʻninchi kumush medalni qoʻshib qoʻydi.
Musobaqada velosport boʻyicha Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Murodjon Xolmurodov finalda 16 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etdi va Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindoriga aylandi.
Oltin medal qozogʻistonlik sportchi Aleksey Lutsenkoga nasib etdi, yaponiyalik Fumiyaki Beppu uchinchi oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi umumiy hisobda soni 21 ta metal: 4ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza bilan oʻninchi oʻrinda bormoqda

 

O’zA