VЕLOSPORT: o‘smirlarimiz kumush medal sohibi

Qozog‘iston Respublikasining Ust-Kamenogorsk shahrida ikki hafta davomida sportning velosiped turi bo‘yicha an’anaviy “Qozog‘iston maktab o‘quvchilari” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Olti bosqichda tashkillashtirilganturnirda mamlakatimizvelosiped sporti federatsiyasining o‘smirlar terma jamoasi ham munosib ishtirok etib, bir necha bosqichlarda bosh sovrinni, umumjamoa hisobida esaikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Danil Yevdokimov uchinchi va beshinchibosqichlarda mutlaq g‘olib bo‘ldi, to‘rtinchi bosqichda esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Bekzod Rahimbekov beshinchi bosqichda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham hamyurtlarimiz yomon qatnashishmadi. Aytaylik, Marat Sulyayev beshinchi, Damir Zabirov to‘qqizinchi natijani qayd etishdi.

 

Oybek Yunusov, O‘zA