Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida “tezkor aloqa” tarmog‘i ishga tushirildi

Endilikda Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” – 1003 tarkibida kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i Respublika Perinatal markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri perinatal markazlarida ishga tushirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 2-fevralda imzolangan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-mayidagi “Qizlar va fertil yoshidagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qizlar salomatligi markazlari va bo‘limlari hamda Ayollar maslahatxonalari tashkil etilgani xotin-qizlarimiz salomatligiga e’tibor yanada kuchayib borayotganidan dalolatdir.
Endilikda yana bir qulaylik – Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” – 1003 tarkibida kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i Respublika Perinatal markazida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri perinatal markazlarida ishga tushirildi.
3088dbae-7da3-4123-8d2d-658e6f259890.jpg
Ushbu “tezkor aloqa”ning asosiy maqsadireal vaqt rejimida qizlar va ayollarga sifatli tibbiy maslahatlar berish, oilada notinch holatlar yuzasidan ayollar tomonidan bildirilgan murojaatlarga ko‘ra oilani saqlab qolishga doir tegishli maslahatlar berish, reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya yuzasidan aholi bilimi va madaniyatini oshirishga qaratilgan hamda qizlar va ayollarning murojaatlarida ko‘tarib chiqilayotgan masalalarni tahlil qilish, umumlashtirish va sohaga oid tizimli muammolarning oldini olish borasida tegishli tashkilotlarga takliflar kiritishdir.
Mazkur sa’y-harakatlar 14 millionga yaqin ayollarimiz va qizlarimizga samarali akusher-ginekologik xizmati hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Eng muhimi, yuqori malakali tibbiy yordam kafolatlangan holda amalga oshiriladi va bu boradagi faoliyat davom ettiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Axborot xizmati
O‘zA