O‘zbekistonda qaysi mahsulot ko‘proq import qilinadi?

Joriy yilning yanvar – iyul oylarida import hajmi 10,2 mlrd. AQSH dollariga (o‘sish sur’ati 31,4 foiz) teng bo‘ldi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (39,4 foiz), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,4 foiz) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (9,6 foiz) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.
Import tarkibi, %
photo5449503111765928281.jpg
Xizmatlar importi hajmi 1257,0 mln. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 12,4 foizini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,5 foizga o‘sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, qurilish xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo‘ldi.
Respublika importida asosiy hamkor davlatlarning hajmi, mln. AQSH doll.
photo5449503111765928282.jpg
2018 yilning yanvar – iyul oylarida respublikaga 145dan ortiq xorijiy davlatdan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5ta eng yirik bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 6264,5 mln. AQSH dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 61,7 foizini tashkil qiladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, import tarkibida asosiy ulushni tashkil qilyotgan mashina va usbob-uskunalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari asosan qaysi davlatlardan respublikamizga olib kirilayotganlini quyidagi sxemalardan ko‘rish mumkin.
photo5449503111765928283.jpg
photo5449503111765928284.jpg
Shu bilan birga ta’kidlab o‘tish kerakki, 2018 yilning o‘tgan davri mobaynida respublika import qilinayotgan tovarlar hajmi iyul oyida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, iyul oyida iyun oyiga nisbatan qiymati 146,7 mln. AQSH dollariga ko‘proq tovarlar import qilindi va 1411,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
photo5449503111765928285.jpg
So‘ngi yillarda ichki ishlab chiqaruvchilarimizning tashqi bozorda mustahkam o‘rin egallashlari va ularning eksportga qaratilgan faoliyatini mustahkamlash maqsadida, Hukumatimiz tomonidan bir qator soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa imkoniyatlarni yaratilmoqda. Natijada korxonalar tomonidan zamonaviy texnologiyalarni olib kirib, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi va tashqi bozorlarda o‘z o‘rinlarini egallashlari uchun zamin yaratilmoqda.

 

O‘zA