Pedagoglar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog kadrlari rag‘batlantiriladi.
Prezidentning 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul (http://www.uza.uz/oz/documents/yeshlarni-manaviy-akhlo-iy-va-zhismoniy-barkamol-etib-tarbiya-14-08-2018) qilindi.
Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrga qadar ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog kadrlarni faoliyatining natijaviyligi asosida rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishga topshiriq berildi.

 

O‘zA