OSIYO O‘YINLARI: Vatanimiz sport sharafini kimlar himoya qiladi?

Yana bir haftadan keyin Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-bor o‘tkazilayotgan yozgi Osiyo O‘yinlari start oladi. 
 
Qit’amizdagi to‘rt yillikning muhim sport tadbirida ishtirok etuvchi sportchilarimiz Indoneziya sari safarlarini boshlab yuborishdi. Birinchilardan bo‘lib, Jakartaga futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoamiz yetib bordi. So‘nggi o‘quv-mashg‘ulotlarini Toshkentda olib borgan futbolchilarimiz yig‘in doirasida “Metallurg” klubi vakillari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi va shu o‘yindan so‘ng Jakartaga boruvchi asosiy tarkib o‘yinchilari aniqlanib olindi.
Ravshan Haydarovning ro‘yxatiga kiritilgan futbolchilar:
photo5438604662317099350.jpg
Darvozabonlar:
Botirali Ergashev “Navbahor”
Rahim Davronov “Mash’al”
Himoyachilar:
Dostonbek Tursunov “Neftchi”
Islom Qobilov “Bunyodkor”
Abbos Otaxonov “Metallurg”
Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”
Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”
Akrom Komilov “Bunyodkor”
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov “Nasaf”
Javohir Siddiqov “Qo‘qon-1912”
Jasur Yaxshiboyev “Paxtakor”
Doniyor Narzullayev “Nasaf”
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”
Aziz Turg‘unboyev “Navbahor”
Xurshid G‘iyosov “Bunyodkor”
Ikrom Aliboyev “Lokomotiv”
Doston Hamdamov “Anji”, Rossiya
Hujumchilar:
Zabihullo O‘rinboyev “Metallurg”
Bobir Abduxoliqov “Nasaf”
Andrey Sidorov “Neftchi”.
Shuningdek, Osiyo O‘yinlarida ishtirok etuvchi boshqa sport delegatsiyamiz tarkibini havola qilishda davom etamiz.
QILICHBOZLIK
photo5438604662317099351.jpg
Roman Aleksandrov
Oleg Sokolov
Fayzulla Alimov
Javohirbek Nurmatov
Bosh kotib – Muhammad Humoyun Ibrohimov
Murabbiylar – Ruslan Kudayev, Igor Chikinev.
VЕLOSPORT
Andrey Izmailov
Murod Xolmurodov
Renata Baymetova
Olga Zabelinskaya (Olimpiya o‘yinlarida Rossiya sharafini himoya qilib kelgan, qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan mazkur sportchi xalqaro musobaqalarda rossiyalik sportchilarga bo‘layotgan munosabatlardan bezigan xolda bundan keyin xalqaro turnirlarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida tishni ixtiyor etdi. U 5 iyuldan O‘zbekiston fuqarolik pasportini qo‘lga kiritdi).
photo5438604662317099352.jpg
Jamoa rahbari – Kozim O‘rinboyxo‘jayev
Murabbiylar – Rustam Nuritdinov, Aleksey Smirnov.
SAMBO
photo5438604662317099353.jpg
Islom Ahmadjonov
Ahmad Rahmatilloyev
Ne’matjon Yoqubov
Kamoliddin Xolmamatov
Nodira Gulova
Madina Turg‘unboyeva
Gulmira Ismatova
Nilufar Davletova
Jamoa rahbari – Ravshan Ahmadjonov
Murabbiylar – Roman Shakirov, Yekaterina Bliznetsova.
SPORT GIMNASTIKASI
photo5438604662317099355.jpg
Oksana Chusovitina
Sabina Turobova
Anton Fokin
Abdulla Azimov
Rasuljon Abdurahimov
Husniddin Abdusamatov
Akobir Hamroqulov
Federatsiya raisi o‘rinbosari – Ruslan Mustayev
Murabbiylar – Andrey Nilov, Svetlana Kuznetsova, Yevgeniy Galkin.
Shifokor – Svetlana Svyatskaya.
BADIIY GIMNASTIKA
photo5438604662317099354.jpg
Sabina Toshkenboyeva
Nuriniso Usmanova
Dildora Rahmatova
Asal Ikromova
Murabbiylar – Yelena Aslanova, Liliya Vlasova
Massajchi – Aleksey Shachnev.
TRAMPOLIN
photo5438604662317099357.jpg
Amiran Babayan
Samirbek Usmonov
Farangiz Ro‘ziyeva
Murabbiy – Roziya Yakubova.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yurtimiz sharafini 232 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo‘yicha himoya qilishadi.

 

O. Yunusov, O‘zA