Indoneziya xalqiga hamdardlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya xalqi va Prezident Joko Vidodoga ta’ziya izhor etdi. Jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

O‘zA