FIDЕ prezidenti Kirsan Ilyumjinov Toshkentga keldi

Respublika ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar shaxmat maktabiga Osiyo shaxmat federatsiyalari – Janubiy Koreya, Vyetnam, Mug‘uliston, Tayland, Bangladesh, Falastin, Afg‘oniston, Nepal, Laos, Iordaniya, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari tashrif buyurdi. 
38ccebf3-7c59-4896-82b7-951d199cd3a8.jpg
Mehmonlar FIDЕ prezidenti Kirsan Ilyumjinov hamda Rossiya shaxmat federatsiyasi vasiylik kengashi a’zosi Arkadiy Dvorkovich hamrohligida keldi.
55e47b44-76e0-4553-ba04-e188e111f42f.jpg
Shaxmat mutasaddilari maktab hayoti bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi. Shuningdek, bolalar ishtirokida dona surishga ham ulgurishdi.
69eae67a-1088-4f3d-a282-ea8ad2cf30f5.jpg
Muloqot chog‘ida FIDЕ prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surgan Arkadiy Dvorkovich o‘z dasturini ma’lum qildi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidentligiga saylov joriy yilning 3-oktyabrida Batumida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan FIDЕ kongressida bo‘lib o‘tadi.

 

Muhammad Amin (surat) O‘zA