Profboks: O‘zbekiston chempionati finalida kim kim bilan jang qiladi?

Yaqinda Andijonning Xonobod shahrida Professional boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining dastlabki yarim final ishtirokchilari aniqlangan edi. Kuni kecha Samarqand shahri mezbonlik qilgan musobaqaning ikkinchi qismida yarim finalning qolgan g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi.
Xonobod kabi Samarqand musobaqasining tashkilotchiligi yuqori saviyada bo‘ldi.
Bokschilar 10 ta vazn toifasida 6 raundlik janglarda o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Qolaversa, uchta to‘rt raundlik o‘rtoqlik janglar ham o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.
To‘rt raundlik janglarda 63 kg. vazn toifasida samarqandlik Saddam Mustafoyev, 69 kg. da Farg‘ona viloyati vakili Akmalxon Jamolxonov, 76 kg.da yana bir samarqandlik Fanat Qahramonovlar ustunlik qilishdi.
Jang kechasining asosiy bahslarida esa quyidagi charm qo‘lqop ustalari final bosqichiga yo‘llanma olishdi:
Doniyor Rahimboyev (50 kg, Xorazm), Olim Nazarov(53 kg, Toshkent shahri), Akmalshox To‘rayev(57 kg, Buxoro), Mexroj Mavlonov (61 kg, Samarqand), Ulug‘bek Do‘stmurodov (63 kg, Navoyi), Akromjon Mamajonov(66 kg, Farg‘ona), Shohruh Kamoldinov(79 kg, Toshkent shahri) G‘aybullo Qo‘chqarov (+90 kg, Namangan). Bular endi chempionlik janglarida ishtirok etishadi.
Final juftliklari:
50 kg: Shahzodbek Sharobiddinov (Andijon) – Doniyor Rahimboyev (Xorazm)
53 kg: Nurjan Serikov (Navoiy) – Olim Nazarov (Toshkent)
57 kg: Beksulton Ravshanov (Toshkent v.) – Akmalshoh To‘rayev (Buxoro)
61 kg: Burgut Hojiboyev (Namangan) – Mehroj Mavlonov (Samarqand)
63 kg: Abdurasul Ismoilov (Xorazm) – Ulug‘bek Do‘stmurodov (Navoiy)
66 kg: Muhammadsalim Sotiboldiyev (Toshkent sh.) – Akromjon Mamajonov (Farg‘ona)
69 kg: Muzaffar Rashidov (Surxondaryo) – Akmalxon Jamolxonov (Farg‘ona)
76 kg: Rajapboy Otanazarov (Xorazm) – Muslim Olimov (Farg‘ona)
79 kg: Shahzod Mauzerov (Surxondaryo) – Shohruhbek Kamoldinov (Toshkent)
+90 kg: Renat Rahimov (Qoraqalpog‘iston) – G‘aybullo Qo‘chqorov (Namangan)
Final janglarining qayerda va qachon o‘tkazilish masalasi yaqin vaqt ichida ma’lum qilinadi.
Shuningdek, musobaqa davrida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bilan Afg‘onistonlik promouterlar va professional bokschilar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi birinchi qadamni tashlashdi. Afg‘onistonning Qobul shahridan bir nafar promouter va ikki nafar professional bokschi yurtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar. Kelishuvga ko‘ra, qo‘shni davlatdan tashrif buyurgan charm qo‘lqop ustalari o‘zbekistonlik tajribali murabbiylar Nabijon Ismonov hamda Zufar Sulaymonovlar qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishadigan bo‘lishdi.

 

O. Yunusov, O’zA