Hududlarning yalpi hududiy mahsulotidagi holat e’lon qilindi

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2018 yilning yanvar – iyun oylari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi. 

YAHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YAHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig‘indisi orqali hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
 
sifat-aloqa-Qoraqolpogiston-beeline.jpg
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvar – iyunida YAHM hajmi joriy narxlarda 4 947,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2017-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,5 foiz a o‘sdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 102,6 (YAHM tarkibidagi ulushi – 10,1 foiz), sanoat – 104,0 (36,3 foiz), qurilish – 101,5 (8,4 foiz), xizmatlar sohasi – 103,7 foiz (45,2 foiz) kabi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2 677,6 ming so‘mni tashkil etdi va 2,1 foizga o‘sdi.
Andijon viloyati
f9a5180a4514.jpg
YAHM joriy narxlarda 8 744,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 7,8 foizga o‘sdi. Iqtisodiy o‘sish qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 105,8 (YAHM tarkibidagi ulushi 31,7 foiz), sanoatda – 122,3 (25,4 foiz), qurilishda – 105,2 (5,7 foiz), xizmatlar sohasida – 103,2 foiz (37,2 foiz) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari natijasida ta’minlandi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2 893,6 ming so‘mni tashkil etdi va 6,0 foizga o‘sdi.
Buxoro viloyati
 
74d337c10f0f5f8b03258ecf18a4eab3.JPG
YAHM hajmi 2,2 foizga o‘sdi va 6 870,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning tarmoq tarkibida o‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 101,6 (YAHM tarkibidagi ulushi – 30,1 foiz), qurilishda – 103,8 (11,3 foiz), xizmatlar sohasida – 103,7 foiz (38,7 foiz)ni tashkil etdi. Shuningdek, 2017-yilning mos davri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 99,1 foizni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi – 19,9 foiz). Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 0,8 foizga o‘sdi va 3 663,0 ming so‘mni tashkil etdi.
 
Jizzax viloyati
 
CbusSVMeDLFdVsn2CLbA0YL-1I1RfVyT.jpg
YAHM 4,8 foizga o‘sdi va 3 116,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 104,9 (YAHM tarkibidagi ulushi 29,0 foiz), sanoatda – 104,2 (16,3 foiz), qurilishda – 105,4 (10,6 foiz), xizmatlar sohasida – 104,7 foiz (44,1 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM hajmi 2 341,7 ming so‘mni tashkil etdi va 2,9 foizga o‘sdi.
Qashqadaryo viloyati
17-660x447.jpg
Yalpi hududiy mahsuloti 3,7 foizga o‘sdi va 9 816,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq. Jumladan, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida o‘sish sur’atlari 102,3 (YAHM tarkibidagi ulushi – 20,7 foiz), sanoatda – 106,5 (37,7 foiz), qurilishda – 100,1 (7,9 foiz), xizmatlar sohasida – 102,3 foiz (33,7 foiz)ni tashkil qildi. Aholi jon boshiga YAHM 1,7 foizga o‘sdi va 3 104,9 ming so‘mni tashkil etdi.
Navoiy viloyati 
 
553bec564063b4e5c72a7ce91beeec78.JPG
YAHM o‘sishi 3,9 foizni tashkil etdi va 8 663,0 mlrd. so‘mga yetdi. YAHM tarmoq tarkibida o‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 101,4 (YAHM tarkibidagi ulushi 13,2 foiz), sanoatda – 100,3 (62,9 foiz), qurilishda – 133,7 (4,7 foiz), xizmatlar sohasida 107,7 foiz (19,2 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2,2 foizga o‘sdi va 9 010,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Namangan viloyati
 
596330ac14924.jpg
YAHM 5 776,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma’lumotlariga nisbatan 3,9 foizga ko‘pdir. YAHMdagi o‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 105,5 (YAHM tarkibidagi ulushi 29,6 foiz), sanoat – 104,7 (14,9 foiz), qurilish – 104,7 (6,1 foiz) va xizmatlar sohasidagi – 102,7 foiz (49,4 foiz) ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga YAHM 2,1 foizga o‘sdi va 2 131,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Samarqand viloyati
 
samarkand10.jpg
YAHM hajmi 9 118,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2,4 foizga o‘sdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 100,5 (YAHM tarkibidagi ulushi 24,8 foiz), qurilishda – 109,0 (7,8 foiz), xizmatlar sohasida – 103,4 foiz (46,8 foiz) ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi. Sanoat tarmog‘ida esa, ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 2017-yilning yanvar – iyuniga nisbatan 99,8 foizni tashkil etdi (ushbu tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi 20,6 foiz). Aholi jon boshiga YAHM 0,4 foizga o‘sdi va 2 440,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Surxondaryo viloyati
 
3806337.jpg
YAHM 6,3 foizga o‘sdi va 6 216,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar bo‘lib, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 106,5 (YAHM tarkibidagi ulushi – 41,5 foiz), sanoatda – 128,1 (8,2 foiz), qurilishda – 105,3 (8,3 foiz), xizmatlar sohasidagi 102,7 foiz (42,0 foiz) o‘sish sur’atlariga xizmat qildi. Aholi jon boshiga YAHM 2 461,1 ming so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma’lumotlariga nisbatan 4,1 foizga ko‘pdir.
 
Sirdaryo viloyati
rKWM0YaxfpB1skb78Vz4T3fSUKQUw6Fb.jpg
YAHM 3,1 foizga o‘sdi va 2 629,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida ham ijobiy o‘sish sur’atlari qayd etildi. Xususan, o‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 100,2 (YAHM tarkibidagi ulushi 32,0 foiz), sanoatda 105,7 (27,1 foiz), qurilishda 105,2 (5,3 foiz), xizmatlar sohasida 102,8 foiz (35,6 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM hajmi 3 211,3 ming so‘mni tashkil etdi va 1,4 foizga o‘sdi.
Toshkent viloyati
 
4605756.jpg
YAHM 13 877,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 3,2 foizga o‘sdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq. Jumladan, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 101,0 (YAHM tarkibidagi ulushi 18,7 foiz), sanoatda – 105,3 (47,9 foiz), qurilishda – 106,2 (3,2 foiz), xizmatlar sohasida – 101,6 foiz (30,2 foiz) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 2,0 foizga o‘sdi va 4 837,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Farg‘ona viloyati
 
Fargona.jpg
YAHM 3,3 foizga o‘sdi va 9 409,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq. O‘sish sur’ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 100,5 (YAHM tarkibidagi ulushi 24,6 foiz), sanoatda – 105,2 (25,2 foiz), qurilishda – 107,7 (6,0 foiz), xizmatlar sohasida – 103,2 foiz (44,2 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2 590,3 ming so‘mni tashkil etdi va 1,7 foizga o‘sdi.
Xorazm viloyati
хоразм(3).JPG
YAHM 4 737,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar – iyuniga nisbatan 4,1 foizga ko‘pdir. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 102,7 (YAHM tarkibidagi ulushi 28,4 foiz), sanoat – 111,3 (19,5 foiz), qurilish – 104,0 (9,0 foiz), xizmatlar sohasidagi – 102,3 foiz (43,1 foiz) o‘sish sur’atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 2,5 foizga o‘sdi va 2 617,3 ming so‘mni tashkil etdi.
Toshkent shahri
 
2317829.jpg
YAHM 22 752,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar – iyuniga nisbatan 7,4 foizga yuqoridir. YAHM o‘sishining asosiy omillari bo‘lib, sanoat – 106,2 (YAHM tarkibidagi ulushi 31,5 foiz), qurilish – 110,9 (8,9 foiz), xizmatlar sohasidagi – 107,3 foiz (59,6 foiz) ijobiy o‘sish sur’atlari hisoblanadi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 5,6 foizga o‘sdi va 9 191,5 ming so‘mni tashkil etdi.

 

O‘zA