Tramp: Xelsinkidagi uchrashuvda Putin bilan muhim xulosaga keldik

AQSH prezidenti Donald Tramp Xelsinkidagi sammit yakunlari bo‘yicha “Fox News“ telekanaliga intervyu berdi.
Oq uy rahbarining qayd etishicha, Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda yadro qurol, urush va tinchlik, iqtisodiyot masalalari, Suriyadagi vaziyat, Isroil, Ukraina bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan va ular bo‘yicha muhim xulosalarga kelingan.
Avvalroq, Amerika yetakchisi Putin bilan uchrashuvni “yaxshi muqaddima” deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Vashington Moskva bilan hamkorlik qilishni istaydi”. Shuningdek, Tramp Rossiya prezidenti bilan bu kabi uchrashuvlar tez-tez o‘tkazilishidan umidvor.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xelsinkida AQSH va RF yetakchilari o‘rtasida ilk bor to‘liq formatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezidentlarning o‘zaro muloqoti 4 soat davom etgan. Tramp uchrashuv yakunlarini ijobiy baholadi. O‘z navbatida, Putin ham sammitdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Xelsinki uchrashuvida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va kun tartibidagi xalqaro muammolarni deyarli ko‘rib chiqishgani, hatto ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

 

Malohat Husanova, O‘zA