O‘zbekistonda sport yanada rivojlanadi

Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari huzurida sport klublari tashkil etiladi.
“Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilingani haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.
Qarorga muvofiq, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari huzurida sport klublari tashkil etiladi.
Sport klublarining asosiy vazifasi etib, jumladan, umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 4 soat, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari uchun 6 soatdan sinfdan tashqari sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilandi.
Sport klubiga sport klubi tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘n yoshga to‘lgan o‘quvchilar, talabalar, pedagoglar va boshqa xodimlar ixtiyoriy a’zo bo‘lishlari mumkin.

 

O‘zA