Amudaryoda g‘isht zavodi ish boshladi

Amudaryo tumanida “Amudaryo qishloq qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli yangi g‘isht zavodi ish boshladi.

Tadbirkor K.Atajanov tomonidan qurilgan ushbu zavod to‘la quvvat bilan ishlasa, bir kecha kunduzda 45-50 ming dona xom g‘isht ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Tadbirkor zavod qoshida keyinchalik pishiq g‘isht ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirmoqda.

Mazkur obyektning qurilishiga 3 milliard so‘m miqdorida bank krediti va tadbirkorning 150 million so‘m mablag‘i sarflandi.

Zavod o‘z mahsulotlarini tumandagi yirik qurilish obyektlari hamda aholiga arzon narxlarda yetkazib beradi.

 

O‘zA