O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi o‘sdi

2018-yil yanvar – iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 609,1 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek, uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga o‘sishni ta’minladi.
Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi ma’lum qildi.
Ish haqi. 2018-yil yanvar – iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi tahlili quyidagilarni ko‘rsatmoqda:
ta’limda 21 533 ta muassasada 999,2 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,6 foizni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 7 496,1 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 30,0 foizni) tashkil etgan. Ta’lim sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 250,4 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga o‘sdi;
sanoatda 614 ta korxonada 451,6 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 17,5 foizni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 6 621,5 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 26,5 foizni) tashkil etgan. Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 443,6 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 30,2 foizga o‘sdi;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 1 422 ta muassasada 428,2 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 16,6 foizni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 2 719,4 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 10,9 foizni) tashkil etgan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 058,5 ming so‘mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 16,8 foizga o‘sdi;
tashish va saqlashda 204 ta korxonada 115,0 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 4,4 foizni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1 481,9 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 5,9 foizni) tashkil etgan. Tashish va saqlash sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 148,3 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 22,1 foizga o‘sdi;
moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 138 ta muassasada 67,0 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 2,6 foizni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1 228,3 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 4,9 foizni) tashkil etgan. Moliyaviy va sug‘urta faoliyati sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 054,9 ming so‘mni tashkil etib, 2017-yilning davriga nisbatan 25,4 foizga o‘sdi.
Yuridik shaxslarda xodimlar soni va ish haqi fondi (2018 yil yanvar – iyun, 
qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)
01.JPG
2018-yil yanvar – iyun oylarida respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan moliyaviy va sug‘urta faoliyatida 89,9 foizga, axborot va aloqada 88,3, sanoatda 51,9, tashish va saqlashda 33,5 foizga yuqorini tashkil etgan bo‘lsa, aksincha sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 34,2 foizga, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmarlarda 28,8 foizga, ta’limda 22,3 foizga respublikadan kamni tashkil etmoqda.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining o‘tgan yilning mos davriga
 nisbatan o‘sish sur’ati (2018 yil yanvar – iyun, qishloq xo‘jaligi 
va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)
03.JPG
2018-yil yanvar – iyun oylarida 2017-yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori o‘sish sur’ati axborot va aloqada 32,9 foiz, sanoatda 30,2 foiz, qurilishda 26,4 foiz, moliyaviy va sug‘ruta faoliyatida 25,4 foiz kuzatildi.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 
(2018-yil yanvar – iyun, respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan, foizda)
04.JPG
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya’ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2 252,1 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 140,0 foiz), Navoiy viloyatida 2 153,0 ming so‘mni (133,8 foiz) va Toshkent viloyatida 1 768,5 ming so‘mni (109,9 foiz) tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1 263,3 ming so‘mni (78,5 foiz), Samarqand viloyatida 1 273,6 ming so‘mni (79,2 foiz) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘rtacha oylik 
nominal hisoblangan ish haqi (yanvar – iyun; qishloq xo‘jaligi va 
kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari, ming so‘m)
05.JPG

 

O‘zA