Qoraqalpog‘istonda 303 ta loyiha amalga oshiriladi

2018-2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror aholining daromadlari va turmush darajasini izchil oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qarorga muvofiq, 2018-2019 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha jami qiymati 4 478 304 mln. so‘mlik 303 ta loyiha amalga oshiriladi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 6 736 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Xususan, Beruniy tumanida sement ishlab chiqarishni tashkil etish orqali (loyiha qiymati 810 000 mln. so‘m) jami 400 kishi ish bilan ta’minlanadi.

 

O‘zA