Qahramon Quronboyev boshchiligidagi ishchi guruhi a’zolari Qoraqalpog‘istonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tumanlarda bo‘lib yoshlar bilan muloqotlar o‘tkazmoqda.
IMG_3301.JPG
Ishchi guruh a’zolari Shumanay tumanida o‘tkazilgan tadbirkorlar va hunarmandlar yarmarkasi bilan tanishdi. Hunarmand Altinay Naubetova bilan suhbatlashilib, unga “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi hisobidan 3 tikuv mashinasi ajratiladigan bo‘ldi.
IMG_3312.JPG
“Kamalak” bolalar tashkilotining tuman sardorlari bilan uchrashuvda “Bir haftaga – bir kitob” loyihasini amalga oshirish taklif etildi. Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida tuman sardorlariga Samarqand shahriga 3 kunlik sayohat qilishga yo‘llanma berildi. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan shumanaylik Sabur Sagatovga tuman markazida Internet klub tashkil qilishi uchun 25 million so‘m miqdorida kredit beriladigan bo‘ldi.
IMG_3315.JPG
Yosh tadbirkor Seydabulla Medetov tomonidan tashkil qilingan “Kitob olami” savdo majmuasiga bo‘lgan tashrif ham taassurotlar va yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish bo‘yicha yangi takliflarga boy bo‘ldi.
Bu kabi uchrashuv va tadbirlar davom etmoqda.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA