Yosh futbolchilarimiz Markaziy Osiyo chempioni

Poytaxtimizda joriy yilning 5-9 iyul kunlari futbol bo‘yicha 16 yoshlilar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Turnirda hamyurtlarimiz bilan birga qo‘shni Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Tojikistondan yosh charm to‘p ustalari ishtirok etdi. Jamoamiz barcha o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi: O‘zbekiston – Afg‘oniston 4:1, O‘zbekiston – Qirg‘iziston 5:0, O‘zbekiston – Tojikiston 3:1.

Kecha poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida “CAFA U-16 championship” g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, keyingi o‘rinlar Afg‘oniston hamda Tojikiston futbolchilariga nasib etdi.

8.jpg
9.jpg
11 (1).jpg
7.jpg

 

Muhammad Amin (surat) O‘zA