Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi. Tashrif doirasida Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari shu kuni Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

O‘zA