MUNDIAL KUNDALIGI: barcha chorak finalchilar ma’lum

Rossiyada o‘tkazilayotgan mundial bizga juda ham ko‘plab kutilmagan natijalarni taqdim etishda davom etyapti. Xususan, ushbu bosqichga qadar favorit sifatida ko‘rilayotgan bir qancha termalar yetib kela olmadi. Bizni chorak final bellashuvlarida ham o‘ziga xos uchrashuvlar kutib turibdi. Demak, mazkur bosqichda kuch sinashadigan barcha jamoalar hamda ularning o‘yinlari o‘tkaziladigan vaqti bilan tanishing.
Urugvay – Fransiya
“Nijniy Novgorod” stadioni, Nijniy Novgorod
6 iyul, 20:00
Braziliya – Belgiya
“Qozon arena”, Qozon
6 iyul, 23:00
Shvetsiya – Angliya
“Samara arena”, Samara
7 iyul, 20:00
Rossiya – Xorvatiya
“Fisht” stadioni, Sochi
7 iyul, 23:00

 

O’zA