Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li ta’mirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida bir necha yillardan beri ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan “Qipchoq – Mang‘it shahri – Turkmaniston Pespublikasi chegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘li 20 kun ichida ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda, amunews.uz xabar bermoqda.

Bosh pudratchi – “Taxiatosh yo‘l qurilish-ta’mirlash” davlat unitar korxonasi tomonidan ushbu yo‘lning Mang‘it shahriga kirishdagi 11,4 kilometr, shahar ichidagi 3 kilometr qismini rekonstruksiya qilishga jami 15,2 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, unga 210 nafardan ortiq ishchi jalb qilingan.

Yo‘lning shahar ichidagi qismiga tungi yoritgichlar va piyodalar yo‘lakchasi qurilgan.

Mazkur yo‘lning foydalanishga topshirilish marosimiga O‘zbekiston Pespublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – bosh muhandis Obid Adilov qatnashdi.

0fd0fb12-51b7-4f42-aa0c-accbfa8df3c0.jpg

6aadc88e-4230-4ca6-9e53-38651b9c7696.jpg
1e2f55ed-7d1a-40c9-8627-057c4a66c63c.jpg
1a76c5a7-77c4-41cf-b92b-4710316f583f.jpg
729ee1eb-70df-47ad-bf20-ebd12d9bfab1.jpg
Yesimxon Qanoatov