Роҳат айланма йўли энди бошқача кўринишда бўлади

Ma’lumotlarga ko‘ra bir kunda Toshkent shahriga viloyatlarimizdan 4 mingdan ortiq avtoulovlar kirib keladi hamda chiqadi. Poytaxtga eng ko‘p transport qatnovi Rohat aylanma yo‘li orqali amalga oshirilishi kuzatilgan.

Hech ko‘zingiz tushganmi? Ushbu aylanma yo‘ldagi tirbadliklarga. Qolaversa orangizda ushbu tirbandliklar ishtirokchilari bo‘lishi tabiiy. Buning asosiy sababi esa yo‘lning 3 yo‘lakdan iborat bo‘lganligi va poytaxtimizga tashrif buyuruvchilar, mehmonlarning soni yildan yilga oshib borayotganligidadir.

photo_2018_07_04_12_57_29.jpg

Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan ushbu tirbadliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib keng ko‘lamdagi qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu ishlar natijasida Rohat chorrahasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar 3 kun ichida bartaraf etilib 5 yo‘lakli aylanma yo‘l zamonaviy chorraxa qiyofasiga keltiriladi.

photo_2018_07_04_12_57_54.jpg

Albatta amalga oshirilayotgan ushbu qurilish ishlari avvalgilarining davomi sifatida yo‘llarning 5 yo‘lakli aylanma yo‘liga aylanishi, poytaxtimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarga o‘zgacha sovg‘a bo‘ladi.

photo_2018_07_04_12_58_43.jpg

Zamonaviy shaharsozlik, yo‘l qurilishi va yuqori sifatli texnologiyalar asosida barpo etilayotgan Rohat chorraxasida ish jarayoni qizg‘in tarzda olib borilmoqda. Yo‘l chetidagi beton to‘siqlar yangi zamon talablari darajasidagiga o‘zgartirilmoqda.

photo_2018_07_04_12_58_36.jpg

Vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi shahrimiz aholisi hamda mehmonlaridan uzr so‘raydi!

photo_2018_07_04_12_59_10.jpg

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati, O’zA