O‘zbekistonlik yong‘in o‘chiruvchilar xalqaro musobaqada g‘oliblar safida bo‘ldi

Qozog‘istonning Almati shahrida yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Turkiya, O‘zbekiston Respublikalarining vakillari va terma jamoalari ishtirok etdi.

Musobaqa ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi hamda yong‘in o‘chirish motopompasidan jangovar yoyilish turlari bo‘yicha o‘tkazildi.

2(57).jpg
Mazkur turlarning har biri bo‘yicha yurtdoshlarimiz uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Shuningdek, ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish turida 3 nafar hamda 100 metrga to‘siqlar osha yugurish turida 6 nafar terma jamoamiz sportchilari “Sport ustasi” me’yorlarini bajardi.

647f9a5b0f6d0e701bc2bd1fffd8e10c_L.jpg
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Belorus, ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston hamda uchinchi o‘rinni O‘zbekiston Respublikalarining terma jamoalari qo‘lga kiritdi.
48088-6-v_almaty_proshli_sorev_ru.jpg
Musobaqa natijalari bo‘yicha g‘olib va sovrindor jamoalar va sportchilar medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Hamyurtlarimiz 21ta bronza medali hamda 3 ta kubok bilan mukofotlandi.

1(45).jpg

 

Muattar Ro‘ziboyeva O‘zA