Bugun mahalliy vaqt bilan 16:59da Indoneziya sohillarida 6,0 magnitudali yer silkinishi kuzatildi. 
Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, zilzila markazi Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyadan 240 kilometr uzoqda bo‘lgan hududga to‘g‘ri kelgan. Hozircha favqulodda hodisada jabrlanganlar, halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Indoneziya sayyoramizning seysmik eng faol bo‘lgan nuqtasi – Tinch okeani olovli halqasida (kuchli tektonik yoriqda) joylashgan. Bu hududdagi faol tektonik plitalar yiliga 7 santimetr tezlik bilan siljib turadi. Shu boisdan mamlakatda har yili 4,0 magnitudali 6-7 mingtagacha yer silkinishlari kuzatiladi.

 

Malohat Husanova, O‘zA