Eng kam ish haqining miqdori qancha bo‘ldi?

Prezidentning 2018-yil 2-iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2018 yilning 15 iyulidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshirildi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravar oshirildi.
2018-yilning 15-iyulidan boshlab O‘zbekiston hududida eng kam ish haqi – oyiga 184 300 so‘m;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.

 

O‘zA