Senat o‘n beshinchi yalpi majlisi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z yakuniga yetdi.

Majlis davomida Senat vakolatlariga kiradigan 23 masala, shu jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga qaratilgan 10 qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, senatorlar tomonidan qabul qilingan qarorlar xalqaro hamkorlikni kengaytirishda, mamlakatimiz yon-atrofida xavfsizlik muhitini yaratishda, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashda, mamlakatimizda barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ishi yakunladi.

 

O‘zA