Oliy sud tarkibiga o‘zgartishlar kiritildi

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritishga oid masala ko‘rib chiqildi.
Oliy sudi tarkibiga Davlat Bobonorov, Zafarjon Fayziyev, Iroda Boltaxo‘jayeva, Nodirjon Rajabov, Firuz Tursunov nomzodi tavsiya qilindi.
Barcha nomzodlar senatorlar tomonidan ma’qullanib, ular o‘n yil muddatga Oliy sud sudyalari etib saylandi.

 

O‘zA