MUNDIAL KUNDALIGI: mo‘jizalar kuni

Albatta, har bir jamoa mundialga boshqacha tayyorlanadi. Shu boisdanmi turnir butun bir oy davomida eng yuqori darajadagi o‘yinlarni taklif qilaveradi bizga. Kecha mo‘jiza haqida gapirgandik. U bor. Har holda Janubiy koreyalik futbolchilar unga yo‘liqdi. Shuningdek, Shvetsiyaga ham duch keldi. 
photo5305561569217849593.jpg
photo5307666919236675964.jpg
Hozir hech qanday tahlil yoki boshqa narsalar haqida gapirmoqchimasman. Shunchaki, nemislarning mag‘lubiyati-yu shvedlarning zafari sababi deya ikki futbolchini tilga olib ketmoqchiman. To‘g‘ri, futbol jamoaviy o‘yin. Ammo shunday paytlar bo‘ladiki, ular asosiy rolga chiqishadi. Yana shunday onlar borki, futbolchilar jamoasi zarariga ishlaydi. Gap kimlar haqida ketayotganiga tushunmayotgan bo‘lsangiz aytay, ular: Leroy Sane hamda Zlatan Ibrohimovich. Balki bularning bor yoki yo‘qligi bitta o‘yinga bog‘lab qo‘ymagan ma’quldir. Ammo nima qilaylik, biri yetishmadi, biri ortiqchalik qildi.
photo5307666919236675965.jpg
Angliyada “Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan “Siti” hujumkor yarim himoyachisini Lyov nima sababdan mundialga olib kelmaganini hech kim tushunmadi. Tushunyapsizmi, hech kim. Hatto o‘zi ham. Nima desangiz deng, “bundestim”ga Sane yetishmadi. Bo‘ldi. Yana qaytaraman: futbol bir kishiga bog‘langan o‘yin emas. Ammo! (“Ammo” degan so‘zni baribir ishlatishimiz zarur) skandinaviyalik muxlislar ham Zlatanni jahon chempionatiga borishini kutishgandi. Biroq shvedlar ustozi Yan Andersson nimchorak finalga olib chiqqanini inobatga olsak, Ibrohimovichsiz borib to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Bo‘ldi. Boshqa gap yo‘q.
1998-yil jahon chempioni Fransiya.
2006-yil jahon chempioni Italiya.
2010-yil jahon chempioni Ispaniya.
2014-yil jahon chempioni Germaniya.
Qiziq jihati shundaki, ushbu chempion terma jamoalar keyingi mundialda guruhda qolib ketgan.
Mundial favoriti deya talqin etilayotgan Braziliya Serbiya ustidan ishonchli ikkita to‘p farqi bilan ustun keldi. Hamda yevropaliklar o‘z guruhlarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, uyga qaytadigan bo‘lishdi. Gollarni 33-daqiqada Paulinyo va 68-daqiqada himoyachi Tiago Silva kiritdi.
photo5305561569217849595.jpg
Shvetsariya – Kosta-Rika o‘yini esa 2-2 hisobida o‘z yakuniga yetdi. Aytish joizki, Shimoliy amerikaliklar raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Birinchi bo‘limning 31-daqiqasida Jemayli o‘z jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 56-daqiqada Uaston hisobni tenglashtirdi. Shvetsariyaning ikkinchi goliga Drmich 87-daqiqada mualliflik qilgan bo‘lsa, Zommer tomonidan 90+3 daqiqada kiritilgan avtogol Kosta-Rikani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Durang ham yevropaliklar foydasiga bo‘ldi hamda ularni nimchorak finalga olib chiqdi.
photo5305561569217849596.jpg
Endi nimchorak finalda ushbu jamoalar quyidagi raqiblar bilan kuch sinashadi:
Braziliya – Meksika
Shvetsiya – Shvetsariya