Onlayn: maqsad – integratsiyalashgan tadbirkorlik hamjamiyatini shakllantirish

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama etilmoqda. 
Mazkur qonun bilan yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi qonunni tasdiqlash nazarda tutilgan.
Qonun Prezidentimizning “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonunning maqsadi – integratsiyalashgan tadbirkorlik hamjamiyatini shakllantirish va tadbirkorlik subyektlarining, ular birlashmalarining davlat organlari bilan samarali hamkorligini ta’minlashdir. Shuningdek tadbirkorlik subyektlarini keng qamrab olish va ularni tadbirkorlik hamjamiyatini shakllantirish jarayoniga jalb qilishdir.
Qonunda umumiy qoidalar, Palataning vazifalari va funksiyalari, Palataning davlat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligiga oid me’yorlar qamrab olingan. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarda Palataning ishtiroki, Palata faoliyatini tashkil etish, Palataning xalqaro hamkorligi, nizolarni hal qilish mexanizmi nazarda tutilgan.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA