Onlayn: YEXHT koordinatori Strategiyani ishlab chiqishda ishtirok etishdan tashkilot qanday maqsadlarni ko‘zlayotganini ma’lum qildi

Tadbirda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon Mak Gregor “Buyuk kelajak” hamkorligida ishlab chiqilishi kutilayotgan uzoq muddatli strategiya loyihasining ishlab chiqilishida ishtirok etishi sababini ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, millat kelajagidan muhimroq hech narsa yo‘q. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi ham xalq manfaatiga xizmat qilayotgani bilan muhim ahamiyatga ega.
– Bugun mamlakat yoshlari davlatning 2035-yilgacha bo‘lgan kelajagini belgilash tashabbusi bilan chiqmoqda, – dedi Jon Mak Gregor. – Buni “millat, millat uchun” tamoyili deyish ham mumkin. Biz buni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Zero, undagi yo‘nalishlar, qamrab olingan jihatlar va ustuvor vazifalar YEXHTning majburiyati va maqsadlariga ham to‘liq mos keladi.

 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA