Onlayn: “Buyuk kelajak” havoyi tashkilot emas”

Toshkent shahridagi Inha universitetida “O‘zbekiston 2035” xalqaro forumi davom etmoqda. 
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari A.Abduvohidov so‘zga chiqdi.
Uning qayd etishicha, “Buyuk kelajak” havoyi tashkilot emas. Uning ekspertlari shu yurt farzandlari, xalqaro miqyosda o‘z bilim va mahorati bilan nom qozongan iqtidor egalari. Ularning birlashishi muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz ham ushbu tuzilma bilan hamkorlik aloqalarini imzolash ustida ish olib bormoqdamiz. Bu esa Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish imkonini beradi.

 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA