Bugun Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshlaydi

2018 yil 28-29 iyun kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. 
Yalpi majlisda 23 masala ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Shundan o‘nga yaqini qonunlardir. Ular orasida “Mediatsiya to‘g‘risida”, “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi yangi qonunlar bor.
Shuningdek, yangi tahrirdagi “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Yalpi majlis ish jarayoni bilan bog‘liq barcha masalalar haqidagi onlayn axborotlarni saytimizda kuzatib boring!

 

Norgul Abduraimova, O‘zA