O‘zbekiston Milliy axborot agentligi: Bayram muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi davlat rasmiy axborot manbai va mamlakatdagi yetakchi axborot agentligidir.

Agentlik solnomasi 1918-yili Toshkentda RosTA bo‘limi ochilganidan boshlanadi. Keyinchalik u TASS tizimidagi O‘zTAG – Respublika Telegraf Axborot agentligiga aylantirildi.

11.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 1992-yil 5-fevral kunidan e’tiboran agentlik O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) sifatida qayta tashkil etildi.
Bugungi kunda O‘zA O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati va mamlakatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritib kelmoqda. Agentlikning viloyatlardagi muxbirlar tarmog‘i mamlakatning barcha hududlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida tezkor va obyektiv axborot uzatish imkonini beradi.
Ayni paytda O‘zA materiallaridan O‘zbekistondagi barcha ommaviy axborot vositalari – yetakchi tele va radiokanallar, gazeta-jurnallar, internet saytlari keng foydalanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, turli idora va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari Agentlik materiallarini o‘z saytlarida muntazam e’lon qilib boradi.
18.jpg
O‘zA veb-saytiga bugungi kunda 8 tilda 9 versiyada – o‘zbek, o‘zbek (lotin), rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida materiallar joylashtiriladi. Dunyoning 50 dan ortiq yetakchi internet sayti O‘zA veb-sayti materiallaridan doimiy tarzda foydalanadi.
0cde84ed-6da4-4b0e-918e-d7f53e57581e.jpg
O‘zA veb-sayti “Twitter”, “Facebook”, “Instagraam”, “Telegram” kabi ijtimoiy tarmoqlarga ulangan bo‘lib, ular orqali o‘quvchilar soni muttasil ortib bormoqda.
2efac79d-901a-40b1-be02-ead26da00517.jpg
3fd07728-3c5f-4f6c-83dd-fa24248cde3b.jpg0fd35c7c-34ad-4ded-a3f7-ab9b850b9a49.jpg

Bu Agentligimiz haqidagi rasmiy ma’lumot. Bu ma’lumot orqasida 180 ga yaqin kishining mashaqqatli va halol mehnati yotibdi. Bu katta va ahil jamoa kunlarni tunga, tunni tongga ulab Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan mamlakat tinchligi, xalq farovonligi, yurt obodligi yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida xalqimiz va jahon ahlini xabardor qilish yo‘lida mehnat qilmoqda. Mehnat qilganda ham oilasi tashvishi, ro‘zg‘or yetishmovchiligi, betobligi, shodon va qayg‘uli damlarini ham “ishdan keyinga” surgan holda mehnat qiladi. Vaholanki, “ishdan keyin”ning o‘zi bo‘lishi qiyin.
08.jpg
Bugungi kasb bayrami bilan butun O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jamoasini, ustozlarimiz Mamatqul Hazratqulov, Qulmon Ochilov, Ahmadjon Toshxo‘jayev, Murod Muhammad Do‘st, Sa’dulla Hakim, O‘ktam Mirzayorov, Erkin A’zam, Baxtiyor Mansurov, Tursunboy Botirbekovlarni, ushbu tashkilotda jurnalistik mahoratini oshirib, bugungi kunda mamlakatimizning markaziy OAVda, rasmiy idoralarida samarali faoliyat yuritayotgan Behzod Norboyev, Olimjon To‘raqulov, Anvar Samadov, Husniddin Berdiyev, Vohid Luqmonov, G‘ulom Mirzo, Anna Vitalyevna, Umidjon Yoqubov, Bunyod Abdullayev, Azamat Atadjanov, Rustam Jabborov, Abduvohid To‘rayev, Asqar Yakubov, Xolmurod Salimov, Tohir Doliyev, Norali Ochilov, Mehribon Mametova, Zuhra Usmonovani ham chin dildan qutlaymiz.
05.jpg
Shuningdek, tashkilotimizda ko‘p yillar samarali faoliyat yuritgan, o‘zbek jurnalistikasi va tarjimonlik sohasiga ulkan hissa qo‘shgan ustozlar Mashrab Boboyev, Yoqubjon Ibrohimov, Po‘lat Nishonov, Sherbek Aliyev, Sobit Toirovlarni yod etamiz. Barchalarining ruhlari shod bo‘lsin.
9.jpg

Bayram muborak bo‘lsin! Barchamizga halol mehnatlarimizning samarasini ko‘rish nasib etsin!

 

O‘zA