MUNDIAL KUNDALIGI: Messi uddaladi

Avstraliya – Peru (0:2)
 
photo5303453423175313622.jpg
 
Kengurular yurti vakillari uchun “sinov” og‘ir kechdi. Ular birinchi bo‘limning o‘zidayoq o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Gol Karilyo hisobiga yozildi. Ammo bundan yashil qita vakillari xavotirga tushib qolganicha yo‘q. Oldinga tashlanishdi. Shunday vaziyatlarning biri gol bilan yakunlanishiga oz qoldi. Ammo to‘p darvozaga kirmadi. Ikkinchi bo‘limning 50 daqiqasida afsonaviy hujumchi Gereyro ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bu hisob boshqa o‘zgarmadi. Shunday qilib har ikkala jamoa ham mana shu yerda o‘z ishtiroklarini yakunladi.
Daniya – Fransiya (0:0)
 
photo5303528984534952189.jpg
 
Jahon chempionatidagi 38 ta o‘yindan buyon davom etib kelayotgan golli seriyaga ushbu bahs orqali yakun yasaldi. Fransuzlar maydonda ikkinchi tarkib bilan harakat qilishdi. Daniya esa asosiy futbolchilari bilan o‘yinni boshladi. Jamoalarning barcha urinishlari besamar ketdi va ushbu “D” guruhidan ikkala terma nimchorak finalga yo‘l oldi.
Argentina – Nigeriya (2:1)
 
photo5303453423175313619.jpg
 
Lionel Messi jamoadoshlari uchun bu o‘yin juda qiyin kechdi. Kutilganidek, Argentina dastlabki daqiqalardan hujumga tashlandi. Bu esa o‘z samarasini bermay qo‘ymadi. Uchrashuvning 14 daqiqasida Banega tomonidan Messiga to‘p uzatildi. Leo uni golga aylantirdi. Aytish joizki, bu uning ushbu mundialdagi birinchi goli edi. Ushbu taymda boshqa hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘limning 49 daqiqasida Junayd Chaqir Nigeriya foydasiga penalti qo‘yib berdi. Mozes uni aniq amalga oshirdi. Endi afrikalik futbolchilarda hujumlar soni ko‘paydi. Uchrashuv qaynoq suratlarda davom etdi. Markos Roho tomonidan 86 daqiqada kiritilgan gol esa Janubiy amerikaliklarni nimchorak finalga olib chiqdi.
Islandiya – Xorvatiya (1:2)
 
photo5303453423175313620.jpg
 
Ushbu o‘yin ham shiddatlilik darajasi bo‘yicha narigi bahsdan qolishganicha yo‘q. Birinchi bo‘lim asosan, islandlarning hujumlari ostida o‘tdi. Dastlabki gol esa ikkinchi bo‘limda kiritildi. 49 daqiqada xorvatiyalik futbolchi Bedel o‘zining hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin mana shu yo‘sinda ketayotgan bir pallada bosh hakam vikinglar foydasiga penalti qo‘yib berdi. Sigurdsson hisobni tenglashtirdi. Endi yana bitta gol urish payida oldinga tashlangan islandiyaliklar ikkinchi bo‘limning oxirida Perishichning aniq harakatlari evaziga o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqdi. Bu hisob boshqa o‘zgarmadi. Xorvatlar keyingi bosqichga chiqishdi.
Nimchorak finalda to‘qnash keluvchi navbatdagi jamoalar:
Fransiya – Argentina
Daniya – Xorvatiya

 

Shohrux No‘monov, O‘zA