Jahon chempionlari kutib olindi

Bugun erta tongda Minskda shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida jamoa hisobidan 1-o‘rinni egallagan sportchilarimiz Vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelishdi.

Hamyurtlarimiz rapid yo‘nalishidagi bahslarda ikkita oltin (Humoyun Begmurotov, Umida Omonova), ikkita kumush (Afro‘za Hamdamova, Olmos Rahmatullayev), blis bellashuvlarida esa uchta oltin (Humoyun Begmurotov, Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova) hamda ikkita kumush (Ruqiya Olimova, Shahrombek Karimov) medallarini qo‘lga kiritishdi.

Jami to‘qqizta medalga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni rossiyalik shaxmatchilar band etgan bo‘lishsa, kuchli uchlikka ukrainalik sportchilar yakun yasashdi.

1.jpg
4.jpg
8.jpg
10.jpg

 

Muhammad Amin (surat) O‘zA