Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Soliq akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi etib qayta tashkil etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qitishning zamonaviy uslublarini, jumladan, malaka oshirishning masofaviy shakllarini joriy etish, shuningdek, hududiy filiallarini tuzishni nazarda tutgan holda bir oy muddatda hukumat qarori qabul qilinadi.
Qayta tashkil etilayotgan Soliq akademiyasining bakalavriat va magistratura talabalarining o‘qishi tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutiga ko‘chiriladi.

 

O‘zA