O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n beshinchi yalpi majlisining ochilishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi 2018-yil 28-iyun kuni ertalab soat 10.00 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari ertaga – 2018-yil 27-iyun kuni soat 9.00 dan 18.00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosining foyesida ro‘yxatga olinadi.