O‘zbekistondagi IESlarda yangi bug‘-gaz qurilmalari ishga tushirilmoqda

Toshkent mezbonlik qilayotgan “Elektr energetika sohasidagi islohotlar va uning istiqbollari: tajriba, xulosalar va rad etilgan afsonalar” mavzuidagi xalqaro konferensiyada yalpi sessiyalarda davom etmoqda.

Anjumanda «O‘zbekenergo”AJ vakilining ma’lum qilishicha,mamlakatimizda elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligini amalga oshirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va boshqa moliyaviy institutlar hamda yetakchi xalqaro kompaniyalar ishtirokida hududlardagi IESlarda yangi bug‘-gaz qurilmalari ishga tushirildi. Endilikda Navoiy IESda 478 MV, Tolimarjon IESda 900 MV, Toshkent IESda 378 MV quvvatli yangi gaz-bug‘ qurilmalari ishlamoqda.

Mamlakatimizda elektrostansiyalardan quvvatlarni uzatib berish uchun magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha ham loyihalaramalga oshirilmoqda. Misol uchun, OTB ishtirokida Taxiatosh IESdan yangi Sarimoy kichik stansiyasigacha220 kvli elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha investitsiyaviy loyihani amalga oshirish boshlangan.

 

Malohat Husanova, O‘zA