Mundial kundaligi: hamyurtimiz Urugvay – Rossiya o‘yiniga komissarlik qiladi

O‘zbekistonlik FIFA va OFK komissari Olim Arifov Rossiya maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatida uchinchi marotaba komissarlik qiladigan bo‘ldi.

FIFA tomonidan Olim Arifovga “A” guruhi o‘yinlarining so‘nggi turidan o‘rin olgan Urugvay – Rossiya o‘yini ham ishonib topshirildi.

Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O‘zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis mundiallarda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo‘ldi.

Urugvay – Rossiya uchrashuvi 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

 

O‘zA