Qonun bilimdonlari bahsi

Nukusda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Siz qonunni bilasizmi?” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan besh jamoa qatnashdi.

Ishtirokchilarning mamlakatimiz qonunchiligi, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi bilimi to‘rt shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Nukus iqtisodiyot kollejining “Yosh huquqshunoslar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

12 (1).jpg
16.jpg
20.jpg

 

Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA