O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Hojimatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi D.Qurbaniyazov, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi K.Karimov va boshqalar shoiraning ijodi, asarlari xususida to‘xtalib, uning vatanparvar, jonkuyar va nozik didli qalam sohibi ekanligini ta’kidladi.
G.Matyoqubova Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri faxriy unvonlari, «Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. U o‘zining 50 yildan ortiq jurnalistik faoliyati davomida ko‘plab yosh qalamkashlarga ustozlik qilgan. Uning 26 ta nasr va nazmdagi to‘plamlari Toshkent va Nukus shahridagi nashriyotlarda o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida chop etilgan.
Shoiraning uch jildlik “Saylanma asarlar to‘plami”da ham uning Vatanga, xalqiga, butun insoniyat va tabiatga bo‘lgan samimiy mehr-muhabbatini ifodalovchi she’riy va nasriy asarlari, doston va publitsistik maqolalari joy olgan.
Tadbirda yosh ijodkorlar tomonidan shoiraning she’rlaridan namunalar o‘qildi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA