Mundial kundaligi: Rossiyadan yirik g‘alaba!

5b17d67f57716_1528288895.jpg
 

Rus matbuoti rossiyaliklar ustozi Stanislav Cherchesovga nisbatan qilayotgan tanqidlarini biroz bo‘lsa-da, tinib turadigan bo‘ldi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Rossiyada o‘tayotgan mundialning dastlabki o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Unda mezbonlar saudiyalikldarni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Gollarga Yuriy Gazinskiy (12), Denis Cherishev (43, 90+), Artyom Dzyuba (71) hamda Aleksandr Golovin (90+) mualliflik qilishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Rossiya termasi guruhda juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldi. Endi ular keyingi bosqichga chiqish uchun Misr va Urugvay terma jamoalarini mag‘lub etishi lozim.

Saudiya Arabistoni futbolchilari esa chempionatni mag‘lubiyat bilan boshlab, nimchorak finaliga chiqish uchun imkoniyatlarini qiyinlashtirdi.

Quyida uchrashuvda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

j2v6t.jpg

eade0edc2102fb8c0c58a6096578262b5b2296c6f2ac0316138873.jpg
large.jpg
1024219925.jpg
5b17d67f57716_1528288895.jpg
large (1).jpg

 

O‘zA

  15.06.2018, 08:49  |    176 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!