Qoraqalpog‘istonda ehtiyojmand oilalarga gaz plita va ballonlari topshirildi

Nukus shahrida Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridan manzilli ro‘yxatga kiritilgan mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga gaz plita va ballonlari topshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj96 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
– Mazkur tadbir kasaba uyushmalari vakillari tomonidan shahar va tumanlar hokimliklari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, xotin-kizlar qo‘mitalari, yoshlar ittifoqi va boshqa qator tashkilotlar hamkorlikda o‘tkazilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari Muratbay Daniyarov. – Xalqning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsadaholi turmush farovonligini yanada oshirishdir.
Prezidentimizning 2017 yil 12 sentyabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy-maishiy ahvoli o‘rganildi, uy-joy va maishiy texnika bilan ta’minlash, yashash joyini ta’mirlash, tibbiy xizmat borasida amaliy yordamga muhtoj oilalar aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mazkur qaror ijrosi doirasida kenga ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2018 yil uchun aholining kam ta’minlangan qatlamlariga beg‘araz yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuman va respublika miqyosidagi manzilli dasturlar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy va turmush sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muayyan ishlar olibborilayotir.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA