Singapurda AQSH va KXDR sammiti bo‘lib o‘tmoqda

Ayni vaqtda Singapurda Qo‘shma Shtatlar va Shimoliy Koreyasammiti o‘tkazilmoqda. Kengaytirilgan tartibdagi muzokaralarda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton hamda Oq uy apparati rahbari Jon Kelli,KXDR tomonidanKoreya Mehnat partiyasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol, KMP MQ xalqaro bo‘limi mudiri Li Su Yon, KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo ishtirok etmoqda.
Sammit doirasida Donald Tramp va Kim Chen In Sentos orolida joylashgan “Kapella” mehmonxonasida uchrashdi. Ikki davlat rahbarlari o‘zaro muloqotda Koreya yarim orolida tinchlikni barqaror ta’minlash va KXDRni mutlaqo yadroqurolsizlantirish, Shimoliy Koreya va Amerika munosabatlarini yaxshilash masalalarinimuhokama qildi.
RIA NovostiningAssoshieyted Pressga asoslanib yozishicha, Kim Chen In Trapm bilan uchrashuvda AQSH va KXDR sammitiga “tinchlikning muqaddimasi” deya ta’rif bergan:
“Biz ushbu sammitga aloqador turli ishonchsizlik va spekulyatsiyalarni yengib o‘tdik. Va men buni dunyo uchun baxayr bo‘lgan tinchlikmuqaddimasi deb, hisoblayman”
Dunyo afkor ommasi tomonidan tarixiy uchrashuv deya e’tirof etilayotgan AQSH va KXDR sammiti va undan kutilayotgan ijobiy natija Koreya yarim orolini yadroqurolsizlantirish jarayonini nihoyasiga yetkazish, dunyoda tinchlik va xavfsizlikni barqarorlashtirishda dolzarb sanaladi.

 

Malohat Husanova, O‘zA