Umidjon Sulaymonov:Ekstremizm haqida gap borganda dinni sabab qilib ko‘rsatish to‘g‘ri emas.

Bu kabi fikrlar “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuidagi xalqaro konferensiyasi doirasida bildirildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining qayd etishicha, internet tarmoqlarining asosiy foydalanuvchilari, qolaversa, ishlash maqsadida chet ellarga ketayotganlarning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi. Tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda bu jihatlar e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Yosh deputat ekstremistlar faoliyati va ularning ma’naviy qiyofasini tasvirlash haqida gapirar ekan, bunda dinni sabab qilib qo‘rsatmaslik, aksincha insonparvarlik g‘oyalariga tayangan holda yondashish kerakligini ta’kidladi.

 

Dilobar Mamatova, O‘zA