“Rossiya yoshlar ittifoqi” : Biz yoshlarga ishonch bildiramiz

“Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda“Rossiya yoshlari ittifoqi” Umumrossiya tashkiloti raisi o‘rinbosari Tatyana Seliverstova chiqish qildi.
Uningqayd etishicha, “Rossiya yoshlar ittifoqi” rossiyalik yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topib, kasb pog‘onalarida yuqorilashlari uchun amaliy va ma’naviy ko‘mak berib kelmoqda
Tatyana Seliverstova “Rossiya yoshlar ittifoqi ” faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berib, bugungikunda tashkilotga a’zo yoshlar soni4 millionga yetgani, ular minglab loyihalarda ishtirok etib kelayotganini alohida ta’kidladi.
Uning fikricha, terrorizmga qarshi kurashda yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalari asosida tarbiya qilish va ularda o‘zlariga nisbatan ishonch va jamiyatga daxldorlik tuyg‘ularini uyg‘otish lozim. Shundaginayigit-qizlar tajovuzkor ekstremizm domiga tushib qolmaydi.

 

Malohat Husanova, O‘zA