Iste’molchi emas, ta’minotchi qarzdor ekan

Tuman gaz korxonasi Xo‘jayli tuman Gulzor ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaro R.Matjanov nomiga gaz ta’minotidan 753961,41so‘m qarzdorlik rasmiylashtirdi.
To‘lovlarni vaqtida amalga oshirib kelayotgan iste’molchi bu holatdan norozi bo‘ldi. Biroq tuman gaz korxonasi xodimlari uni tinglamadi. Ilojsiz qolgan fuqaro asossiz qarzdorlikdan norozi bo‘lib, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Jamiyat xodimlari ushbu masala yuzasidan o‘rganishlar olib borganda qiziq holatga duch kelishdi. Gap shundaki, fuqaro iste’mol qilinmagan gaz uchun 203 198,87 so‘m ortig‘i bilan to‘lab qo‘ygan ekan.
Iste’molchiga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.

 

O‘zA