Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida tizim faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar sanab o‘tilgan.

1. Talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti.

2. Professor-o‘qituvchilarning faoliyatini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
3. Oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotir.
4. Korrupsiya holatlarining saqlanib qolmoqda.
5. Oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlardagi ishtiroki qoniqarsiz.
6. Respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilmagan.
7. Oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan. Tegishli sohalarda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan.

 

O‘zA