O‘zA muxbiri Anora Sodiqova xabar qiladi (Afg‘oniston)

— Men Samandon viloyatidanman. Bu yil qishda yog‘ingarchilik kam bo‘lgani sabab, qurg‘oqchilik bo‘lmoqda. Aholi qiyin sharoitda qoldi. Vaziyatimizdan xabar topgan O‘zbekiston birinchi bo‘lib bizga yordam qo‘lini cho‘zdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevdan minnatdormiz. Bu beg‘araz insonparvarlik yordamidan bag‘oyat xursandmiz.

Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Mening bir umrlik orzuim bu — Buxoroga borish. Asli men ham buxorolikman, ota bobolarimiz 1917 yillarda Amudaryoni kechib o‘tib, shu yerlarda qolib ketishgan. Afg‘oniston haqida ko‘pchilikda salbiy tasavvur bor, lekin Shimoliy Afg‘oniston tinch mana o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz. Ayollar ishlaydi, o‘qiydi.

Aslida biz qon-qardrosh xalq bo‘lganimiz sababmi urf-odatlarimiz, to‘y-marosimlarimiz ham bir-birimizga o‘xshash.

O‘zbekiston telekanallari biz tomonda ham ko‘rsatgani bois, yurtingizdagi yangiliklardan, odamlarning yashash sharoitlarini tamosha qilib havas qilamiz.

 

O‘zA